Shoxrux - Yoronim

Shoxrux

Yoronim

Toshkent ko`chalari bo`ylab kezib yurib yayov,
O`zimni beayov qiynayman san haqda qilib xayol.
Ayolim bo`lishingga yana oz fursat qolgan edi,
Oz fursat va o`tirar edik to`yxonada yonma-yon.

Jonim, zerikarli o`tmoqda onim,
O`tmishga yuzlansam, negadir qaynamoqda qonim.
Axir turding qora, yomon kunda ham yonimda,
Sariq chaqa hamyonimda bo`lmasa-da, mani yoronim.

Mani yoronim, rangim somondir,
Barchasi endi tamom, lekin, biroq negadir
San tarafga yetaklayveradi har to`rtta tomonim. (x2)

Ko`p muddat birga o`tkazdik, baxtli yakunga ishonib,
Quvonib, bir-birimizni barchadan qizg`onib.
O`zimdan tonib sevdim, bor fe’l-atvoringga ko`nib,
Umidlar so`nib, nechun hammasi kul bo`ldi yonib?

Sho`xligim, bepoyonim, sir-asrori ayonim,
Mana birlashgan umr yo`limizdan ajrab, yo`l olding qay yona?
Va yonib tushirdim bir parcha qog`ozga:
Sansiz yashash ancha mushkul ekan, mani yoronim.

Mani yoronim, rangim somondir,
Barchasi endi tamom, lekin, biroq negadir
San tarafga yetaklayveradi har to`rtta tomonim. (x2)

To`rt tomonim… Mani yoronim…
Mani yoronim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoronim
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 24, 2017