• Shuhrat Daryo - Oqqushlar

    Shuhrat Daryo

    Oqqushlar

    Nurli manzillarga ko`zlarin tikib,
    Ketib borar edi bir to`p oqqushlar.
    Sadaf tizimiday mavoda uchib,
    Ko`chib borar edi bir to`p oqqushlar.

    Har biri ko`nglida yorug` orzular,
    Yellar to`lqiniga urar to`shini.
    Xayolda tiklanar munavvar kunlar,
    Ko`zlarim kuzatar suygan qushini.

    Qayerdasiz mening sodiq do`stlarim,
    Qayerdasiz mening sodiq do`stlarim? (x2)

    Bilmadim, xoribmi, yiqildi behush,
    Tasbeh shodasidan uzildi nogoh.
    Zaminga quladi oppoq qush behush,
    Barchasi qayrilib, bo`ldilar ogoh.

    Oqqushlar karvoni qaytmadi biroq,
    Chalajon do`stini olib ketmadi.
    Nahotki, dillari vafodan yiroq,
    Hech bo`lmasa jufti qolib ketmadi.

    Ey dunyo, hadikka to`ldi bu ko`ngil,
    Bir do`stu mahramga dillar zor ekan.
    O`ksiydi sadoqat nomli ma’yus gul,
    Toki vafo qilmas do`stlar bor ekan.

    Qayerdasiz mening sodiq do`stlarim,
    Qayerdasiz mening sodiq do`stlarim? (x2)

    Qulagan oqqushday pitirlar jonim,
    Garchi eplay olgum kamu-ko`stlarim.
    Yolg`izlik ezadi sizsiz har onim,
    Qayerdasiz mening sodiq do`stlarim?

    Yolg`izlik ezadi sizsiz har onim,
    Qayerdasiz mening sodiq do`stlarim?