Shuhrat Daryo - Shivirlaydi yomg'ir qo'shiq matni, lyrics

Shuhrat Daryo

Shivirlaydi yomg’ir

Deraza raxini chertadi yomg`ir,
Tunni tilim-tilim etar chiroqlar.
Qarshimda o`tirar bir xayol og`ir,
Kimnidir sog`inar, kimni so`roqlar.

Qarshimda o`tirar bir xayol og`ir,
Kimnidir sog`inar, kimni so`roqlar.

Shivalaydi, shivirlar yomg`ir,
Xayolimni o`g`irlar yomg`ir.
Sevgilimni olib ketding sen,
Qaytarib ber. (x2)

Yomg`ir shivalaydi, shivirlar sekin,
Nedir yo`qotganday yuragim dilgir.
Ko`zimni yumaman, xonada neki bor
Raqsga tushar, aylanar gir-gir.

Ko`zimni yumaman, xonada neki bor
Raqsga tushar, aylanar gir-gir.

Shivalaydi, shivirlar yomg`ir,
Xayolimni o`g`irlar yomg`ir.
Sevgilimni olib ketding sen,
Qaytarib ber. (x2)

Piyola labida lab izi qolgan,
Ko`zgu yuzlarida kuladi kulgich.
Og`ir kursi og`ir xayolga tolgan,
Titroq yelkalarin silaydi ilgich.

Og`ir kursi og`ir xayolga tolgan,
Titroq yelkalarin silaydi ilgich.

Shivalaydi, shivirlar yomg`ir,
Xayolimni o`g`irlar yomg`ir.
Sevgilimni olib ketding sen,
Qaytarib ber. (x2)

Deraza raxini chertadi yomg`ir,
Ko`nglimda tizginsiz tuyg`u yeladi.
Olisga termulib ko`zlarim og`rir,
Xonamdan atirgul isi keladi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shivirlaydi yomg’ir
Xonanda:
Shuhrat Daryo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2018