Shuhrat Daryo - So'zlasa qo'shiq matni, lyrics

Shuhrat Daryo

So’zlasa

Baxt kulib, vaslingga bir imkon bo`lsa,
Sen-u men – kimsasiz bir makon bo`lsa,
Fasli gul safti ishq qamrabon bo`lsa,
Hijrondan vayrona dilim o`nglasam,
So`zlasang, soz`lasang, tinglasam. {x2}

Bir umr maftunman, desam sen kulsang,
Ishqingda tutqunman, desam sen kulsang,
Laylisan – Majnunman, desam sen kulsang,
Hijrondan vayrona diling o`nglasang,
So`zlasam, soz`lasam, tinglasang. {x2}

Nigohim, nigohing boylatib qo`ysak,
Yurakni yurakka joylatib qo`ysak,
Til emas, qalblarni so`ylatib qo`ysak,
Labki ul yonoqdan novvot izlasa,
Qalb esa so`zlasa, so`zlasa. {x2}
So`zlasang, soz`lasang tinglasam. {x2}

Bir umr maftunman, desam sen kulsang,
Ishqingda tutqunman, desam sen kulsang,
Laylisan – Majnunman, desam sen kulsang,
Hijrondan vayrona diling o`nglasang,
So`zlasam, soz`lasam, tinglasang. {x2}
So`zlasang, soz`lasang, tinglasam. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
So’zlasa
Xonanda:
Shuhrat Daryo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 16, 2018