(- Esingizdami, qorli bir oqshom edi.
Kapalaklarga o`xshar edi qor parchalari.
Uzoq-uzoq ularga tikilib turardik, nimalarnidir xayol qilib.
Qalbimizdagi tuyg`ularimiz xuddi ulardek oppoq edi.

– Avvallari shu yo`llardan yurgan edik.
Mana yana o`sha yo`l. Biroq, sensiz.
Bu yo`ldagi har bir borliq seni eslatmoqda. Men esa yo`lda… )

Oh, darddan ko`z yoshim yuzlarim yuvar,
Eslasam vujudim bo`ladi halak.
Hijron quvonchimni ayovsiz quvar,
Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak.

Hijron quvonchimni ayovsiz quvar,
Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak.

Jonim, jonim, chidolmas yurak. {x2}

(- Eh, qayerlarga uchib ketdi, u orzu havaslar,
beg`ubor niyatlarimiz.
Aynan o`sha qor parchalaridek erib ketdilar.

– Esingdami, ko`chaning boshida bir onaxon gul sotar edi.
Har zamon gul olar edik ulardan. Kecha yana gul oldim.
So`lib qoldi…)

Nechun, deya berilgan savollar bisyor,
Deyman: visolingdan menga o`zga ne kerak?
Men-ku, kuyib bo`ldim, sen bo`l baxtiyor,
Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak.

Men-ku, kuyib bo`ldim, sen bo`l baxtiyor,
Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak.

Jonim, jonim, chidolmas yurak. {x2}

(- Doim kulib turardingiz,
sizni hech qachon hafa ko`rmagandim.
Tushlarimga kirasiz. Nimagadir ko`zlaringiz nam.

– Kulgularimdan boshingga oq ro`mol yasab, o`g`irlab ketding…

– Agar bilsaydim, bu eng so`nggi uchrashuvimiz bo`lishini…
Bu yo`lning tugashini hech qachon istamas edim.)

Dardim ko`p ammo, sen undan begona,
Hasratim tinglasa, yig`laydi falak.
Dunyoda sevganim sensan yagona,
Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak.

Dunyoda sevganim sensan yagona,
Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak.

Jonim, jonim, chidolmas yurak. {x3}
Mm-mm, chidolmas yurak.

(- Bu oqshom senga she’r yozdim.
Shamolga o`qidim, yetkazar deya senga. Balki eshitarsan…
Seni jonim derdim. Sen sensizlikni bilmaysan.
Axir sen hech qachon sensiz yashamading-ku!)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayriliq
Xonanda:
Shuhrat Qayumov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2016