• Cho`qqidan bir kichik tosh yumalasa,
    Tog`ni qulatgudek suron qiladi.
    Ko`zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
    Tog`day yuragimni vayron qiladi.

    Bu hayot seni menga berdi,
    Senga qo`shib, shirin-shirin farzandlar berdi.
    Ko`zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
    Tog`day yuragimni vayron qiladi,
    Eh, vayron qiladi, vayron qiladi.

    Agar ko`ksim uzra qulasa birdan,
    Tutmoqqa qodirman tog`lar toshini.
    Hayhot ko`tarolmam kipriklaringdan,
    Uzilgan bir qatra qayg`u yoshini.

    Bu hayot seni menga berdi,
    Senga qo`shib, shirin-shirin farzandlar berdi.
    Ko`zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
    Tog`day yuragimni vayron qiladi,
    Eh, vayron qiladi, vayron qiladi.

    Kel, yulduzlar to`shalgan yo`ldan
    Yetaklasin bizni muhabbat.
    G`amlaringni chiqar ko`ngildan,
    Shod kunlarni eslaylik faqat.

    Sayr etaylik, kel birga, erkam,
    Rozi ketsin bizdan umrbod.
    Shodlik uchun yaralgan olam,
    Sevmoq uchun berilgan hayot.

    Bu hayot seni menga berdi,
    Senga qo`shib, shirin-shirin farzandlar berdi. (x2)
    Ko`zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
    Tog`day yuragimni vayron qiladi,
    Eh, vayron qiladi, vayron qiladi.