Shuhrat Qayumov - Kimga kerak

Shuhrat Qayumov

Kimga kerak

Kimdir seni yonib kutmasa,
Qo`llaringga gullar tutmasa,
Tuyg`ularin nurdek to`kmasa,
Bunday yashash kim uchun kerak?

Kecha-kunduz chulg`asa gar g`am,
Kimlardandir bor bo`lsa alam,
Dunyo bir yon, o`zing bir olam,
Bunday yashash kim uchun kerak?

Kimga kerak? Kimga kerak?
Bunday yashash kim uchun kerak?
Kimga kerak? Kimga kerak?
Bunday yashash kim uchun kerak? (x2)

Qiynamasa seni hech savol,
Go`zalliklar qoldirmasa lol,
Befarq bo`lsa o`tmish, istiqbol,
Bunday yashash kim uchun kerak?

Bu dunyoda bo`lmasa noning,
Bo`lmasa gar dinu iymoning,
Do`sting, yoring, suyganing, joning,
Bunday yashash kim uchun kerak? (x2)

Kimga kerak? Kimga kerak?
Bunday yashash kim uchun kerak?
Kimga kerak? Kimga kerak?
Bunday yashash kim uchun kerak? (x2)

Qiynamasa seni hech savol,
Go`zalliklar qoldirmasa lol,
Befarq bo`lsa o`tmish, istiqbol,
Bunday yashash kim uchun kerak?

Bu dunyoda bo`lmasa noning,
Bo`lmasa gar dinu iymoning,
Do`sting, yoring, suyganing, joning,
Bunday yashash kim uchun kerak? (x2)

Kimga kerak? Kimga kerak?
Bunday yashash kim uchun kerak?
Kimga kerak? Kimga kerak?
Bunday yashash kim uchun kerak? (x2+x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kimga kerak
Xonanda:
Shuhrat Qayumov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 8, 2016