• Umr yo`ldoshi boshqayu,
    Ishq savdosi boshqa ekan,
    Umrim siz birlan o`tsa-yu,
    Sizni sevolmasam netay? (x2)

    Aytsam tilim, aytmasam dilim
    Kuyar jonim, oh, men netay,
    Yolg`iz Allohga ayon sirim,
    Sizni sevolmasam netay? (x2)

    Bunchalaram parvonasiz,
    Ishqimda kuyib yonasiz,
    Siz hammaga teng yoqasiz,
    Lek men sevolmasam netay?
    Sizni sevolmasam netay?

    Aytsam tilim, aytmasam dilim
    Kuyar jonim, oh, men netay,
    Yolg`iz Allohga ayon sirim,
    Sizni sevolmasam netay? (x2)

    Ko`ngil so`rar yor topdim-u,
    Ko`ngil sevar yor topmadim,
    Ming zo`rladim yuragimni,
    Ishqim sizga uyg`onmadi.

    Bu dunyodan endi, Yorab,
    Shu dard bilan o`tsam kerak.
    Bilolmadim baxt ne demak,
    Sizni sevolmasam netay? (x2)

    Aytsam tilim, aytmasam dilim
    Kuyar jonim, oh, men netay,
    Yolg`iz Allohga ayon sirim,
    Sizni sevolmasam netay? (x2)

    (Aytsang tiling, aytmasang diling)
    Sizni sevolmasam netay?
    (Yolg`iz Allohga ayon siring)
    Kuyar jonim, oh, men netay? (x2)