Shuhrat Qayumov - Yig'lamagin

Shuhrat Qayumov

Yig’lamagin

Ishq bog`imda bahor bo`lib yashnaganim,
Izlab-izlab chamanlardan tanlaganim,
Go`zallikda tanho go`zal ataganim,
Yot quchoqda baxting kulsin, yig`lamagin.

Jonimdan ham ortiq seni sevar edim,
Jamolingda oftoblarni ko`rar edim,
Kuyar bo`lsam, bir oshiqdek kuyar edim,
Kuyish menga qismat ekan, sen kuymagin.

Kuyar bo`lsam, bir oshiqdek kuyar edim,
Kuyish menga qismat ekan, sen kuymagin.
Yig`lamagin, sen kuymagin,
Yig`lamagin, sen kuymagin.

Chin sevgimga ishonmading, nolib netay,
Yo ko`kragim yorib, senga bir ko`rsatay,
Yuragimni qon yig`latib o`tga otay,
Gulxan bo`lib yonib ketay, sen yonmagin.

Shirin so`zlar yarashibdi dudog`ingga,
G`am soyasi tushmasin hech yanog`ingga,
Dildosh bo`lib zorlaringga, ohingga,
Joningga jon bo`lay o`zim, qiynalmagin.

Dildosh bo`lib zorlaringga, ohingga,
Joningga jon bo`lay o`zim, qiynalmagin.
Yig`lamagin, sen yonmagin,
Yig`lamagin, sen yonmagin.

Taqdir dedik, taqdirni ham o`yin qildik,
Xayrlashdik, so`zimizni mayin qildik,
Pushaymonu afsuslarni keyin bildik,
Yulduzimiz bir ekan-ku, biz bilmadik.

Hijroningda kuyib, bir kun o`tar bo`lsam,
Bu dunyodan nolib-nolib ketar bo`lsam,
Pokiza ruh kapalakka men aylansam,
Sendan so`nggi o`tinchim bor – haydamagin.

Pokiza ruh kapalakka men aylansam,
Sendan so`nggi o`tinchim bor – haydamagin.
Yig`lamagin, haydamagin,
Yig`lamagin, haydamagin. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’lamagin
Xonanda:
Shuhrat Qayumov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 4, 2016