Shuhrat Vohidov - Kelinchak

Shuhrat Vohidov

Kelinchak

Marjon yosh ko’zlaringdan,
Biz izlaringdan
Kuzatib qolamiz bugun.
Qorday oq libosingda
Bunchalar chiroylisan,
Beg’ubor gullar sen uchun.

Kelinchak, kelinchak,
To’ying bo’lsin muborak,
Dildan baxt tilaymiz senga.
Kelinchak, kelinchak,
Eng go’zal orzu-istak,
Yor uyida qolgin bir umrga.

Bolalik o’tgan manzil,
Go’yo bo’lib begona
Sog’inib qoladi seni.
Ota-onang boshingda
Bo’lgan kabi parvona,
O’zga uy kutmoqda seni.

Kelinchak, kelinchak,
To’ying bo’lsin muborak,
Dildan baxt tilaymiz senga.
Kelinchak, kelinchak,
Eng go’zal orzu-istak,
Yor uyida qolgin bir umrga.

Nurga to’lsin hayoting,
Orzularingga yetgin,
Quvonching bo’lsin ziyoda.
Mehr-muhabbat bilan
Obod bo’lsin oilang,
Baxtli-taxtli bo’l dunyoda.

Kelinchak, kelinchak,
To’ying bo’lsin muborak,
Dildan baxt tilaymiz senga.
Kelinchak, kelinchak,
Eng go’zal orzu-istak,
Yor uyida qolgin bir umrga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelinchak
Xonanda:
Shuhrat Vohidov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 17, 2015