• Oppoq qog`oz qarshimda, nima deb yozay?
    Bog`zimda bitta so`z, aytolmayabman.
    Uch yil oldin o`pkamni to`ldirgan isni
    Ming turfa guldan ham topolmayabman. (x2)

    Qalbimda chigilgan bir katta tugun,
    Onamni sog`inib, yurak bo`ldi hun.
    Ovutguvchi zot yo`q qoshimda bugun,
    Sabrim to`ldi, jon ona, sog`indim sizni. (x2)

    Tugab-bitmas boyligim,
    O`zimning chiroyligim,
    Mushtiparim onam-a,
    Xokisorim onam-a. (x2)

    Ona ko`ngli bolada, bola ko`ngli dalada,
    Yuzga kirsa ham odam, ona uchun bola-da.
    Hech kimga bildirmayin, yig`lab pana-panada,
    Sabrim to`ldi, jon ona, sog`indim sizni. (x2)

    Dunyoning barcha shodlig-u, rohatlarini,
    Alishmasman onamning eski ro`mollariga.
    Chetga surdim-qo`ydim dunyo ishlarini,
    Sabrim to`ldi, jon ona, jon ona, sog`indim sizni.

    Tugab-bitmas boyligim,
    O`zimning chiroyligim,
    Mushtiparim onam-a,
    Xokisorim onam-a. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.