Sirojiddin - Sevgilim qo'shiq matni, lyrics

Sirojiddin

Sevgilim

Ketasanmi, so`nggi qarormi?
Qolmadimi boshqa ilojing?
Ichim qizib, ko`zim namlandi,
Kelmayapti sendan ayrilgim.

Ayrilganman orzularimdan,
Armon, menga eng tanishi sen.
Mushtlarimda qisdim yurakni,
Kelmayapti sendan ayrilgim.

Yonar dunyo, yonma-yon tursak,
Chalarmikan ayrilsak qarsak?
So`nggi so`zim shu bo`lsa kerak:
Kelmayapti sendan ayrilgim.

Hayratdaman dengiz yongandek,
Oy yoniga quyosh borgandek.
Qolamanmi huvillab o`zim?
Bu keng dunyo bo`shab qolgandek.

Nikohimga ololmadimda,
Nigohingda qololmadimda,
Qarayolsang ko`zimga qara,
Kelmayapi sendan ayrilgim.

Ketasanmi, so`nggi qarormi?
Qolmadimi boshqa ilojing?
Ichim qizib, ko`zim namlandi,
Kelmayapti sendan ayrilgim.

Kelmayapti sendan ayrilgim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgilim
Xonanda:
Sirojiddin
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 29, 2017