Sitora Ahmedova - Votti votti

Sitora Ahmedova

Votti-votti

Sizga boqar ko`zlarimda Namanganning qarashlari,
Maqtamaysiz kiyganimda Marg`ilonning atlaslarin,
Qo`ysam agar yarashadi Samarqandning o`smalari,
Yoqadi-ey baribir-ey Toshkanlikning nag`malari. {x2}

Votti-votti, jim kevotti,
Hey, yuragida sevishini nega mandan berkitvotti?
Yapti-yapti, jim kelyapti,
Dod, yuragida sevishini nega mendan yashiryapti?

Surxondaryo sherlaridek nigohida sehri bordir,
Buxoroning durlaridek yuragida mehri bordir,
Tilladanmi, kumushdanmi ko`ylagining tugmalari,
Yoqadi-ey baribir-ey Toshkanlikning nag`malari. {x2}

Votti-votti, jim kevotti,
Hey, yuragida sevishini nega mandan berkitvotti?
Yapti-yapti, jim kelyapti,
Dod, yuragida sevishini nega mendan yashiryapti?

– A votti-votti, nima xohlavotti?
“Spontom krasavitsa” ensasin qotirvotti! (yo`g`e?)
A meni sevishimni bilmayapti.
– O`zi-chi, va’dalar beradi, qilmayapti.

– Nimaga sevgimga javobin bermayapti?
– Kutasan, mani ham yuragim qiynayapti!
– Bir o`zim kechalari ko`zlaringga zormi?
– Sevasan, jonim sanga chin yurakdan yormi? (wow)

Votti-votti, jim kevotti,
Hey, yuragida sevishini nega mandan berkitvotti?
Yapti-yapti, jim kelyapti,
Dod, yuragida sevishini nega mendan yashiryapti?

Lopti-lopti, jim kelopti,
Hay, yuragida sevishini nega mendan yashiropti?
Lutti-lutti, jim kelutti,
Voy, yuragida sevishini nega mendan yashirutti?
Yuragida sevishini nega mandan berkitvotti?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Votti-votti
Xonanda:
Sitora Ahmedova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 7, 2016