Olloh bizni baxt yo`lida uchrashtirdi,
Taqdirimiz iplarini tutashtirdi. (x2)
Qalbimizga sadoqatli sevgi berib, {x2}
Ishq yo`lida bizni nogoh tenglashtirdi.

Yigit-qizga ishqning yo`li baxt keltirsin,
Har bir uyga nasib etsin go`zal kelin. (x2)

Xazon bo`lmas sevgimizning g`unchalari,
Tor emas, keng ko`nglimizning ko`chalari. (x2)
Samarqandu Buxoroga yetib borsin, {x2}
Tuganmas baxt, sevgimizning qissalari.

Yigit-qizga ishqning yo`li baxt keltirsin,
Har bir uyga nasib etsin go`zal kelin. (x2)

Duo qiling, duoyingiz ko`kni quchsin,
Mustahkam bu oilaga quvonch tutsin.
Mangu asrab vafo nomli tuyg`u sirin, {x2}
Bo`yi tutsin muhabbatning atirgulin.

Yigit-qizga ishqning yo`li baxt keltirsin,
Har bir uyga nasib etsin go`zal kelin. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxt
Xonanda:
Sobirjon Mo'minov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016