Sobirjon Mo'minov - Bika mani yonima

Sobirjon Mo'minov

Bika mani yonima

Man sevgan qiz o`zbegimning go`zali,
Qoshi kamon, kiprigi yoy misoli.
Uyaltirar oyni boqsa jamoli,
Bilman qayda ekan hozir xayoli?

Uyaltirar oyni boqsa jamoli,
Bilman qayda ekan hozir xayoli?

Bika, bika, bika mani yonima
Kelavermay azob bermang jonima. (x2)

Uzoqlardan jim qayrilib boqarsiz,
Muloyimlik bilan ko`nglim toparsiz. (x2)
Menga azob berib orom olarsiz, {x2}
Qachongacha yana sabrim sinarsiz? {x2}

Bika, bika, bika mani yonima
Kelavermay azob bermang jonima. (x2)

Achchig`i – bol so`zlarin adosiman,
Tig`day o`tkir qarashin shaydosiman. (x2)
Tildan chiqar mehrining gadosiman,
Yurakdagi zarbining sadosiman. (x2)

Bika, bika, bika mani yonima
Kelavermay azob bermang jonima. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bika mani yonima
Xonanda:
Sobirjon Mo'minov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2016