• Sobirjon Mo'minov - Do'stga xiyonat qilma

    Sobirjon Mo'minov

    Do’stga xiyonat qilma

    Ko`zguga boqqaning yaxshiroq,
    Do`stingning moliga boqquncha.
    Tabassum qilganing yaxshiroq,
    Malomat toshini otguncha. (x2)

    Do`stingning qadriga yetmasang,
    Berganin olsang-u, bilmasang, (x2)
    G`iybatdan tilingni tiymasang,
    O`chganing yaxshiroq, yonguncha! (x2)

    Ko`zguga boqqaning yaxshiroq,
    Do`stingning moliga boqquncha-ey.

    To`ridan senga joy berganda,
    Do`stim deb ko`kragin kerganda, (x2)
    Mard bo`lib yoningda turganda,
    Tan olsang yaxshiroq, tonguncha. (x2)

    Ko`zguga boqqaning yaxshiroq,
    Do`stingning moliga boqquncha.
    Tabassum qilganing yaxshiroq,
    Malomat toshini otguncha-ey.

    Do`stini sotganni el suymas,
    Hattoki xokisor yer suymas. (x2)
    Nafsi och baribir yeb to`ymas,
    Minnatdor bo`lmaydi o`lguncha. (x2)

    Do`stingning g`iybatin qilgandan,
    Pokiza qalbini tilgandan, (x2)
    Panada berkinib yurgandan,
    Dardlashsang yaxshiroq qonguncha. (x2)

    Ko`zguga boqqaning yaxshiroq,
    Do`stingning moliga boqquncha.
    Tabassum qilganing yaxshiroq,
    Malomat toshini otguncha.

    O-oy, dod-ay…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.