Sobirjon Mo'minov - Toshkent-Farg'ona

Sobirjon Mo'minov

Ko’nglim Toshkent-Farg’onada

Sog`indim desam, deydilarki bu ham bir bahonada,
Õltiribman qõlda may, sarmast bõlibon mayxonada. (x2)

Xayolim õshanda, õshal aqlim olgan janonada, {x2}
Yuragimning yarmi – Toshkanda, yarmi – Farg`onada. {x2}

Farg`onaga bordim-u, kõrdim-u, yondi honumonim,
Endi uningsiz qorong`u bõlib qoldi bu jahonim. (x2)

Ayting unga, mani demasin “u ham bir begonada”,
Yuragimning yarmi – Toshkanda, yarmi – Farg`onada. {x2}

Kõzimni yumsam ham, ochsam ham, ketmagay kõz oldidan,
Bahor-u, yozlarni ham bir kõrarmanmu kuz oldidan?

Kelib qolarmu, deya kõzlarim mushtoq ostonada,
Yuragimning yarmi – Toshkanda, yarmi – Farg`onada. {x2}

U – ma’shuqam, õzimnichi – oshiq deya saylaganman,
Yurakdagi ishq otash bor, sevib umid bog`laganman.

Õziga aytmadim, lekin ishqim tutib pinhonada,
Yuragimning yarmi – Toshkanda, yarmi – Farg`onada. {x2}

Yuragimning yarmi – Toshkanda, yarmi…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’nglim Toshkent-Farg’onada
Xonanda:
Sobirjon Mo'minov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016