Sobirjon Mo'minov - Mani kutmang

Sobirjon Mo'minov

Mani kutmang

Mani kutmang kelar deb yor,
Yurakda ishqim yo`q endi.
Siz yormas ekansiz ag`yor,
Siz bilan ishim yo`q endi. (x2)

Mayliga mani zor eting,
Ishqimni yana xor eting,
Mayliga mani zor eting, voy dod,
Ishqimni yana xor eting,
Xohlang qoling, xohlang keting-ey,
Siz bilan ishim yo`q endi.

Mani kutmang kelar deb yor,
Yurakda ishqim yo`q endi.
Siz yormas ekansiz ag`yor,
Siz bilan ishim yo`q endi-ey.

Yo`limni cho`lg`asangiz ham,
Bag`rimni tig`lasangiz ham, (x2)
Kulsangiz, yig`lasangiz ham,
Siz bilan ishim yo`q endi.

Mani kutmang kelar deb yor,
Yurakda ishqim yo`q endi.
Siz yormas ekansiz ag`yor,
Siz bilan ishim yo`q endi-ey.

Bilinmaydi borligingiz,
Yo kimgadir zorligingiz, (x2)
Farqi yo`q kimgadir yorligingiz,
Siz bilan ishim yo`q endi.

Mani kutmang kelar deb yor,
Yurakda ishqim yo`q endi.
Siz yormas ekansiz ag`yor,
Siz bilan ishim yo`q endi. (x2)

Siz bilan ishim yo`q endi… {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mani kutmang
Xonanda:
Sobirjon Mo'minov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 6, 2016