Sogdiana - Yurak mahzun

Sogdiana

Yurak mahzun

Goh shodiyona, goh g`amxona dil bu zamona,
Nurim so`na, ko`nglim yona, aqlim hayrona.
Ne bo`ldi, menga ne bo`ldi?

Yonim sokin, tevarak jim, atrofim sokin,
Savol beray, lekin unga bir so`z aytar kim?
Ayamang, javob ayamang.

Nega yurak mahzun, zor etadi tunu kun,
Yurak mahzun, yonar nechun?
Nega yurak mahzun, dilga solar afsun,
Meni aylab majnun, yurak mahzun, yurak mahzun.

Nega yurak mahzun, dilga solar afsun,
Meni aylab majnun, yurak mahzun.

(Yurak hayron, negadir vayron…(x2))

Qay tomondan, ne zamondan u paydo bo`ldi?
So`ramasdan yuragimga ajib his to`ldi.
Ne mavjud, unda ne mavjud?

Begonaman, nazorat yo`q o`zim-o`zimga,
Parvo etmas, sado bermas dilim so`zimga,
Bu tuyg`u yoki sevgimi?

Nega yurak mahzun, zor etadi tunu kun,
Yurak mahzun, yonar nechun?
Nega yurak mahzun, dilga solar afsun,
Meni aylab majnun, yurak mahzun, yurak mahzun.

Nega yurak mahzun, dilga solar afsun,
Meni aylab majnun, yurak mahzun.

Nega yurak mahzun… Yurak mahzun…

Nega yurak mahzun, zor etadi tunu kun,
Yurak mahzun, yonar nechun?
Nega yurak mahzun, dilga solar afsun,
Meni aylab majnun, yurak mahzun, yurak mahzun.

Nega yurak mahzun, dilga solar afsun,
Meni aylab majnun, yurak mahzun.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurak mahzun
Xonanda:
Sogdiana
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 21, 2015