Biz uchun baxtu saodat,
Shavkatu shondir hayot.
Bebaho xislat, fazilatlar
Uchun kondir hayot.

Mehnatu ijod bilan
Ortar jamoling kun sayin,
Gullagan mangu xazonsiz
Bog`u bo`stondir hayot.

Erkalar keng bag`rida
Tinchlik, farog`at baxsh etib,
Rang-barang gullarga to`lgan
Zo`r gulistondir hayot. {x2}

Biz hayot farzandimiz,
Yetkazdi bizni voyaga.
Shu sababdin mahliyo
Tillarda dostondir hayot.

Mehnatu ijod bilan
Ortar jamoling kun sayin,
Gullagan mangu xazonsiz
Bog`u bo`stondir hayot.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayot
Xonanda:
Soundtrack
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 28, 2016