Soundtrack Mahallada duv-duv gap - Kel, qalbimning otashi, go’zal

Soundtrack

Kel qalbimning otashi, go’zal

Kel, qalbimning otashi, go’zal,
Senga tomon cho’mdi xayolim. (x2)
Qaydasan, ey so’zlari g’azal,
Gul shoxida qoldi ro’molim. (x2)

Beri kelgin, yorginam,
Muhabbatim, borginam,
Mening muhabbatim, borginam. (x2)

Mayli, jonim, shalola bo’lay,
Mavjlanay butun umrga.
Mayli, jonim, muhabbat bilan
Keng dunyoni to’ldiray nurga.

Mayli, jonim, muhabbat bilan
Keng dunyoni to’ldiray nurga. (x2)

Yolg’izginam, yorginam,
Mening vafodorginam,
Bu dunyoda o’zing borginam. (x2)

Kel, qalbimning otashi, go’zal,
Senga tomon cho’mdi xayolim. (x2)
Qaydasan, ey so’zlari g’azal,
Gul shoxida qoldi ro’molim. (x2)

Beri kelgin, yorginam,
Muhabbatim, borginam,
Mani muhabbatim, borginam. (x2)

Bu dunyoda o’zing yorginam,
Bu dunyoda o’zing borginam.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kel qalbimning otashi, go’zal
Xonanda:
Soundtrack
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 12, 2015