Yulduzingni ber osmon filmidan - Kelasanmi

Soundtrack

Kelasanmi

Bugungiday ko’kdan yog’ilarkan nur,
Nurafshon bog’larda uchrashar edik.
Ko’ngilda bir ajib halovat, huzur,
Huzurbaxsh oqshomlar ajrashar edik.

Kelasanmi, derdim xayrlashar chog’,
Kelaman, deyarding sekin iymanib.
Tilimning uchida hanuz shu so’roq,
Hanuz yuragimni aylaydi mayib.

Biz yurgan yo’llarni birga jamlasak,
Borib kelish mumkin oyga piyoda.
Lekin bag’rimizda ko’ngil jonsarak,
Endi bu gaplardan kimga ne foyda?

Kelasanmi, derdim xayrlashar chog’,
Kelaman, deyarding sekin iymanib.
Tilimning uchida hanuz shu so’roq,
Hanuz yuragimni aylaydi mayib.

O’sha bog’da yana uchrashib nogoh,
Erta kelasanmi, kelaqol, desam,
Sog’inchlar bag’ringni o’rtasa-da, moh,
Kelaman, demaysan, kelging kelsa ham.

Kelasanmi, derdim xayrlashar chog’,
Kelaman, deyarding sekin iymanib.
Tilimning uchida hanuz shu so’roq,
Hanuz yuragimni aylaydi mayib. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelasanmi
Xonanda:
Soundtrack
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2015