Soundtrack Maftuningman - Sartarosh Ali

Soundtrack

Sartarosh Ali

Kaminaning nomlari
Oh, mullo Ali, jon Ali,
Qo`llari gul, ishlari,
O`zlari dilu jon Ali.

Hey, hey do`stlarim
Yurtimning to`y-tomosho bayrami, (bayrami)
Xizmatida eh barakallo Ali. (jon Ali)

Hey, nomginam Ali,
Kasbi-ro`zim sartarosh. (sartarosh)
Jon bilan dilim san’at,
O`zim sartarosh. (sartarosh)

Ey, oromijon-ey, sarviravon-ey,
(Jon Ali jon-ey, sarviravon-ey.)

Husn elining ustozi, rassomiman, (o`zisan)
Rasmi-rusum, qoidasin koniman. (konisan)
Hey, qir desa, bas keksayu yosh, yoshli gul,
Gul bilan teng qiluvchi el joniman. (jonisan)

Hey, hey do`stlarim
Yurtimning to`y-tomosho bayrami, (bayrami)
Xizmatida eh barakallo Ali. (jon Ali)

Hey, nomginam Ali,
Kasbi-ro`zim sartarosh. (sartarosh)
Jon bilan dilim san’at,
O`zim sartarosh. (sartarosh)

Ey, oromijon-ey, sarviravon-ey,
Jon Ali jon-ey, sarviravon-ey.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sartarosh Ali
Xonanda:
Soundtrack
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 28, 2016