Subxan - Kurasholmadim

Subxan

Kurasholmadim

Gaplarimdan ko`ngling og`ripti-ey,
Og`rimasin, ataylab aytdim.
Yig`lamagin og`rinib-kuyib,
Atay ketdim ustingdan kulib. (x2)

So`ramagin, kelma ortimdan,
Sababini ayta olmayman.
Sen shunchaki xayrlash-da ket,
Men sevgim deb kurasholmayman.

Onang aytdi: “O`rningni bilgin,
Baland dorga osilma, Subxan.”
Boshdan oyoq qaradi kulib,
G`ururimni sindirdi bilib.

Gaplarimdan ko`ngling og`ripti-ey,
Og`rimasin, ataylab aytdim.
Yig`lamagin og`rinib-kuyib,
Atay ketdim ustingdan kulib.

Yonginangdan jilmaydim-ketdim,
Uyga kelib, kuyib yig`ladim.
La’nat aytib molu davlatga,
Sof sevgimni so`yib tashladim.

Aybim nima – seni sevganim,
Pulga mehr olib bo`larmi?
Aybing nima – zebu zarlarmi?
Arzon bo`lib, arzimadimmi?

Senga nima yetmadi yana,
Hurmat, obro`, toza muhabbat?
Yoki qasr shohona hayot?
Eh, menda u yo`q, berolmadim.

Gaplarimdan ko`ngling og`ripti-ey,
Og`rimasin, ataylab aytdim.
Yig`lamagin og`rinib-kuyib,
Atay ketdim ustingdan kulib. (x2)

Kuyib ketdim kulgichlaringdan,
Kulganingda ko`zimga qarab.
Qarab qolding ortimdan yig`lab,
Kechir mani, kurasholmadim.

Qarab qolding ortimdan yig`lab,
Kechir mani, kurasholmadim… {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kurasholmadim
Xonanda:
Subxan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 7, 2016