• Subxan - Tillo uzuk taqibsan

    Subxan

    Tillo uzuk taqibsan

    Yarashibsan oq libosga,
    Qolmadi menda bardosh.
    Lekin nega ko`zlaringdan
    Oqayapti tomchi yosh?

    Nozikkina barmog`ingga
    Tillo uzuk taqibsan.
    Ne uchun nigohingda-ey
    Alam o`ti yoqibsan? (x2)
    Voy-doday.

    Yoningdagi kuyov bola
    Boyvachchadek savlati.
    Sendek qizni ham olib ketdi,
    Otasining davlati.

    Qancha orzu qilgan edik,
    Bo`ldi barisi sarob.
    Endi senga ko`z yosh qoldi,
    Menga qoldi-ku sharob.

    Nozikkina barmog`ingga
    Tillo uzuk taqibsan.
    Ne uchun nigohingda-ey
    Alam o`ti yoqibsan? (x2)
    Voy-doday.

    Buni taqdir deydilar,
    Peshonada bor ekan.
    Xafa bo`lma, kuyov bola
    Senga juda mos ekan.

    Sevgimizni tushunmasdan
    Ayirdilar, nachora.
    Qanday baxtli edik bizlar,
    Yuraklar bo`ldi pora.

    Voy-doday, yor, dod-ay,
    Subxan qalbi endi bo`ldi bechora.

    Nozikkina barmog`ingga
    Tillo uzuk taqibsan.
    Ne uchun nigohingda-ey
    Alam o`ti yoqibsan? (x2)
    Voy-doday.

    Ey, nozikkina barmog`ingga
    Tillo uzuk taqibsan-ey.
    Ne uchun nigohingda-ey
    Oh, alam o`ti yoqibsan-ey?

    Nozikkina barmog`ingga
    Tillo uzuk taqibsan.
    Ne uchun nigohingda-ey
    Alam o`ti yoqibsan? (x2)
    Voy-doday.