• Subxan - Yig'lama jonim

    Subxan

    Yig’lama jonim

    Bugun jonim go`zal oqshom, sen oq libosda,
    Yoningdagi o`zga yor bilan kelin bo`lib ketarsan.
    Egningdagi oq libos, jonim, yuragim ezar,
    Ko`zlaringdagi tomchi yosh yurak bag`rimni tig`lar.

    Yig`lama yorim, yig`lama jonim,
    Armon bo`lgan sevgimizni eslama.
    Yig`lama yorim, yig`lama jonim,
    Orzu bo`lgan sevgimizni eslama.

    (Sevgi umuman yurakka yolg`iz o`zi kirmas ekan,
    O`zi bilan birga dard, sog`inch olib kirarkan.
    Haqiqiy sevgi hech qachon tugamas ekan,
    Faqat azoblanar…)

    Nega sevgimiz uchun, jonim, biz kurashmadik?
    Orzu bo`lgan baxtimizni nega biz asrolmadik?
    Bo`lding menga begona, jonim, gulim, nigoram,
    O`zga yorning bag`rida bo`lding menga parvona.

    Oh, yor-yor aytilar bu kecha,
    Yurak bag`rimni tig`laydi yor-yor sadolar qancha.
    Ey o`lanchilar, bir zum shoshmay turinglar,
    So`nggi so`zlarimni aytay senga, gulim, nigoram.

    Yig`lama yorim, yig`lama jonim,
    Armon bo`lgan sevgimizni eslama.
    Yig`lama yorim, yig`lama jonim,
    Orzu bo`lgan sevgimizni eslama.

    Eh, ko`zingga to`ldi yosh,
    Yig`lolmasam netayin?
    Visolingga qalam qosh,
    Yetolmasam netayin?

    Ko`zlarimga boqa olmay deding:
    “To`yim bo`lyapti…
    Otam meni eshitmay, bir yigitga beryapti.”

    Qaniydi kar bo`lib qolsam,
    So`zlaringni eshitmay qolsam.
    Eh qaniydi, mening jonginam,
    Shu so`zlaringni eshitmay o`lsam.

    Yig`lama yorim, yig`lama jonim,
    Orzu bo`lgan sevgimizni eslama.
    Yig`lama yorim, yig`lama jonim,
    Armon bo`lgan sevgimizni eslama.

    Baxtli bo`l…