(Xohlar edim sevish, lekin buncha qiynalish,
Bu tuyg’ular edi menga butkul notanish.)

Atrofimni o’rab olsa-da baxt,
Dunyolar-u bersa taxt,
Kerak emas menga sensiz,
Yuragimdagi tuyg’ularim cheksiz.

Senga bo’lgan muhabbatim
Hamrohimdir to abadim,
Bundan ortiq yo’qdur baxtim,
Lekin, jonim, ushalmas orzusan.

Yuragimga noming azaldan,
Go’yoki o’yib yozilgandir senga atalgan,
Bor-u yo’gim, hayotim bag’ishlangan.
Sevgim bo’lsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan,
Men tubdaman, sen esa yuksaklardasan.

Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
O’zing armonim,
Hayolim faqat sen ila band.
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.

Sendan umid qilishimning o’zi
Bo’lar tentakligim so’zi,
Lekin, netay qalbim ko’zi
Sendan o’zgani ko’rmas aslo.

Yo’q, bo’lsin doim ko’ngling to’q,
Qalbim teshib o’tsa-da o’q,
Seni bezovta qilgim yo’q,
Bilarman, jonim ushalmas orzu.

Yuragimga noming azaldan,
Go’yoki o’yib yozilgandir senga atalgan,
Bor-u yo’gim, hayotim bag’ishlangan.
Sevgim bo’lsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan,
Men tubdaman, sen esa yuksaklardasan.

Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
O’zing armonim,
Hayolim faqat sen ila band.
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.

Samolarda balkim bo’larmiz birga,
Jannat bog’larin kezarmiz birga,
Lekin, bu dunyoda seni baxtli ko’rsam bas,
Men uchun shu baxt demak, bundan ortiq kerakmas.

Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
O’zing armonim.
Hayolim faqat sen ila band,
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.

Men seni uchratdim, unutdim (unutdim),
Hayotdagi orzu-umidim (orzu-umidim),
O’zing armonim.
Hayolim faqat sen ila band,
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.

Shirin armonim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armonim
Xonanda:
Sur'at Islomov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 16, 2014