• Bahor shamoli yelib,
    Navro’zoy kelib qoldi. (x2)
    Doshqozonda sumalak
    Vaqirlab pishib qoldi. (x2)

    Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur,
    Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.
    Laqala-laqala, laqala-laqala,
    Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.

    Dehqonning zo’r g’ayrati,
    Uyg’onadi nahordan. (x2)
    Hosilining cho’g’i ham
    Darak berar bahordan. (x2)

    O’ngga qarab o’ynagin,
    Chapga qarab o’ynagin,
    O’yiningdan zavq olsin,
    Elga qarab o’ynagin.

    Belni mahkam boylagil,
    Yelkangga ketmon taylagil. (x2)
    Tushlik uchun noningni
    Tuguningga joylagil. (x2)

    O’tinni sindir qarso-qurs,
    Olov yonsin charso-churs,
    Kelgin, chetda turmagin,
    O’yinga tushgin tarso-turs.

    Se malakdan siylagan,
    Sumalaklar pishirgan,
    Duosin ol buvingni,
    Sabzaga sep suvingni.

    O’ynagin-o, o’ynagin,
    Jo’shib-a, jo’shib o’ynagin.
    Yurtimiz bayramida
    Zavqdan to’lib o’ynagin.

    Yurtimiz bayramida
    Zavqdan to’lib o’ynagin.

    Bahor shamoli yelib,
    Navro’zoy kelib qoldi. (x2)
    Doshqozonda sumalak
    Vaqirlab pishib qoldi. (x2)

    Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur,
    Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.
    Laqala-laqala, laqala-laqala,
    Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.