Suxrob Kenjayev - Seni sevaman

Suxrob Kenjaev

Seni sevaman

Sochlaringdek tun cho`kib,
Yulduzlari chiqqanda peshvoz,
Yuraklar hisga to`lib,
Ko`zlaringga termulsam bir oz.

Ikkimiz oq qush bo`lib,
Sevgi uzra etamiz parvoz.
Majnunman seni ko`rib,
Azizam.

Seni sevaman, ko`zlarimga begona uyqu,
Seni sevaman, qalbimda shu yagona tuyg`u.
Seni sevaman, sevgi borki yo`q menda qayg`u,
Seni sevaman, faqat seni sevaman.

Chechaklarin erkalab,
Maysalari bo`y cho`zgan bahor,
Har tong, har kun ertalab
Yo`limizda yoyganda gulzor.

Sabo sochlaring silab,
Lablaringga lablarim xumor,
Shirin bir bo`sa tilab,
Azizam.

Seni sevaman, ko`zlarimga begona uyqu,
Seni sevaman, qalbimda shu yagona tuyg`u.
Seni sevaman, sevgi borki yo`q menda qayg`u,
Seni sevaman, faqat seni sevaman.

Seni men yurakdan sevdim, sevgim, ye-ey,
Seni men qalbimdan sevdim, hou-vou,
Mening ko`nglim, mening sevgim.

Seni men yurakdan sevdim, sevgim, hou,
Seni men qalbimdan sevdim, hou-vou,
Mening gulim, mening sevgim.

Seni sevaman, ko`zlarimga begona uyqu,
Seni sevaman, qalbimda shu yagona tuyg`u.
Seni sevaman, sevgi borki yo`q menda qayg`u,
Seni sevaman, faqat seni sevaman.

Seni sevaman…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni sevaman
Xonanda:
Suxrob Kenjaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 2, 2016