Tamila - Ana yana san

Tamila

Ana yana san

Ko’zlaring tunda uyqu bilmasa,
Yurak qurg’ur o’ynab-o’ynab tinmasa,
Nigohing bir nuqtadan jilmasa,
Parishonlik xayolingni qiynasa,
Rad etma, chindan sevib qolibsan,
Ko’zlaringdan, yuzlaringdan namoyon.
Oh, qalbingga bitmas dardni solibsan,
Alg’ov-dalg’ov so’zlaringdan ham ayon.

Ana, ana, yana san,
Yona, yona yonasan,
Nima desa tonasan,
Budir sevgi!
Ana, ana, yana san
Negadir quvonasan.
Nega-nega tonasan?
Budir sevgi!

Goh muzlab, goho oshar harorat,
Bemadorsan, bo’lsang hamki salomat.
Bir lahza topolmasang halovat,
Bilib qo’ygin, bu sevgidan alomat.
Rad etma muhabbating yashirib,
Yuragingga azob berib qiynama.
Bekordan qayg’u-darding oshirib,
Hech kim bilmay qolar deya o’ylama.

Ana, ana, yana san,
Yona, yona yonasan,
Nima desa tonasan,
Budir sevgi!
Ana, ana, yana san
Negadir quvonasan.
Nega-nega tonasan?
Budir sevgi! (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ana yana san
Xonanda:
Tamila
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 14, 2014

O'xshash qo'shiqlar matnlari