Tamila - Bag'ringga bos

Tamila

Bag’ringga bos

Yog’ganida yomg’irlar,
Har tomchisi muhabbatim timsoli,
Erkalar sezasanmi sochlaringni
Tonglar sevgim shamoli.

Sen quyoshsan, ko’zlarimda botgan,
Sen ohimsan, yuragim aytayotgan.
Hayotimning mazmuni, ma’nosisan,
Ehtirosimsan.

Bag’ringga bos, bu dunyoni unutay,
Bag’ringga bos, seni his etay.
Bag’ringga bos, bu dunyoni unutay,
Nigohlaring ila so’zlashay.

Hamma soatlar to’xtasin,
Zamin ham aylanmasin,
Biz birga bo’lsak,
Biz birga bo’lsak sen bilan.

Sen oysan, tunlarimda yo’llarimni
Nurlar ila yoritgan,
Sen yuragimdagi sevgi deb atalgan
Tuyg’ularni bor etgan.

Men quyoshman, ko’zlaringda botgan,
Men ohingman, yuraging aytayotgan.
Hayotingning mazmuni, ma’nosiman,
Ehtirosingman.

Bag’ringga bos, bu dunyoni unutay,
Bag’ringga bos, seni his etay.
Bag’ringga bos, bu dunyoni unutay,
Nigohlaring ila so’zlashay.

Hamma soatlar to’xtasin,
Zamin ham aylanmasin,
Biz birga bo’lsak,
Biz birga bo’lsak sen bilan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bag’ringga bos
Xonanda:
Tamila
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 15, 2015