Tamila - Ko'rgim kelar

Tamila

Ko’rgim kelar

Necha-necha kun (jonim)
Suratingga termularman jim,
Tunlarim uzun,
Seni deb men aqldan ozdim.

Ayta olsaydim (jonim)
Seni qanday sog’inishimni,
Bilmayman ammo
Jonim, qanday ovunishimni.

Nima istaydi yuragim mendan?
Xabar bo’lmasa, ey zolim sendan.

Kel, seni ko’rgim kelar,
Yoningda bo’lgim kelar,
Ayni damda nimalar bilan
Bandsan, bilgim kelar.

Sog’inarman tunu kun,
Nega baribir sen uchun?
Aytgin, bu dunyoda
Nimalar senga mendan ustun?

Kimnikidir ayt,
Meniki bo’lmagan kulgular?
Kimnikidir ayt,
Menga sen bermagan tuyg’ular?

E’tiboring yo’q (jonim)
Seni qilgan rejalarimga,
Kelib ma’no ber
Bu azobli kechalarimga.

Gado yaratar bu sevging mendan,
Xabar bo’lmasa, ey zolim sendan.

Kel, seni ko’rgim kelar,
Yoningda bo’lgim kelar,
Ayni damda nimalar bilan
Bandsan, bilgim kelar.
Sog’inarman tunu kun,
Nega baribir sen uchun?
Aytgin, bu dunyoda
Nimalar senga mendan ustun? (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’rgim kelar
Xonanda:
Tamila
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2015