Tamila - Layli

Tamila

Layli

Lol yor mening ko’zlarim
Sizni har ko’rganda,
Muhabbatingizga
Men izhor bo’lay.

Yor, yurakda hayajon
Siz deb har urganda,
Siz choylar ichsangiz,
Men novvot bo’lay.

Laylini izlamang olisdan,
Sevishda Laylidan o’taman.
Siz oldin Majnun bo’lib seving,
Shunda orzuimga yetaman. (x2)

Oy kabi tunda boru,
Kunduzi qaydasiz?
Men sahro, siz daryo,
Sizga tashnaman.

Siz ayting, qachon meni
Yorim deb aytasiz?
O’zim o’z sevgimga
Yolg’iz oshnoman.

Laylini izlamang olisdan,
Sevishda Laylidan o’taman.
Siz oldin Majnun bo’lib seving,
Shunda orzuimga yetaman. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Layli
Xonanda:
Tamila
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 29, 2015