Tamila - Men bo'lmasam

Tamila

Men bo’lmasam

Men bo`lmasam, tuning o`tmas, kelmas kunduz,
Men bo`lmasam, tunlaringda yo`qdir yulduz.
Men bo`lmasam, dardingga yo`q davo,
Etaman ado, mening sevgim olov. (x1+x1)

Men so`zingdagi nolaman,
Dardlaring olaman, seniki bo`laman.
Yuragingga baxt solaman,
Yoningda qolaman, sensiz devonaman.

Ko`zingga qarab to`ymayman,
Seni tinch qo`ymayman, men soyang bo`laman.
Men shunchaki gapirmayman,
Hech kimga bermayman, men soyang bo`laman.

Men bo`lmasam, tuning o`tmas, kelmas kunduz,
Men bo`lmasam, tunlaringda yo`qdir yulduz.
Men bo`lmasam, dardingga yo`q davo,
Etaman ado, mening sevgim olov. (x2)

Har narsadan voz kechaman,
Baxtiyor etaman, sevgimga yetaman.
Sen ham sevasan, bilaman,
Nafasing bo`laman, aytganim qilaman.

Ko`zingga qarab to`ymayman,
Seni tinch qo`ymayman, men soyang bo`laman.
Men shunchaki gapirmayman,
Hech kimga bermayman, men soyang bo`laman.

Men bo`lmasam, tuning o`tmas, kelmas kunduz,
Men bo`lmasam, tunlaringda yo`qdir yulduz.
Men bo`lmasam, dardingga yo`q davo,
Etaman ado, mening sevgim olov. (x2)

(Men bo`lmasam… men, men… Men bo`lmasam…
Men bo`lmasam… men, men…
Etaman… Etaman… Mening sevgim olov…)

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Men bo’lmasam
Xonanda:
Tamila
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 6, 2016

O'xshash qo'shiqlar matnlari