• Tamila - Seni sevaman

    Tamila

    Seni sevaman

    Sen bo’lmasang kun tundayin,
    Bir soniya – bir kundayin.
    Qiynaydi sog’inch, yuragim notinch
    Kundan kun sayin.

    Sen bo’lmasang gar yonimda,
    Mazmun bo’lmas har onimda.
    Qiynaydi alam, tinmas dardu g’am
    Mening jonimda.

    Ko’z o’ngim zulmat, tushdayin,
    Qanoti singan qushdayin,
    Etolmay parvoz, kuch-madorim oz,
    Men behushdayin.

    Seni sevaman, seni kutaman,
    Sensiz, yolg’izim, men netaman?
    Sog’inch dardining zahrin yutaman,
    Seni sevaman.

    Sen bo’lmasang men bezabon,
    Tilga kelmas so’z hech zamon.
    So’ngan bir cho’g’man, sensiz men yo’qman,
    Ahvolim yomon.

    Yo’lingga ko’zlar termular,
    Bir diydoringga zor ular.
    Ohlarim bitmas, meni tark etmas,
    Dardu qayg’ular.

    Ko’z o’ngim zulmat, tushdayin,
    Qanoti singan qushdayin,
    Etolmay parvoz, kuch-madorim oz,
    Men behushdayin.

    Seni sevaman, seni kutaman,
    Sensiz, yolg’izim, men netaman?
    Sog’inch dardining zahrin yutaman,
    Seni sevaman.

    Seni sevaman…