• Tavakkal Qodirov - O'xshaydiku

    Tavakkal Qodirov

    O’xshaydiku

    O’ylasam, shu dilbarim, makkorga o’xshaydi-ku, {x2}
    Rahmi yo’q bir bevafo dildorga o’xshaydi-ku. {x2}

    Ul kuni ko’ngil niqobin ochibon man xastani,
    Ishqidin bo’ynimga solgan dorga o’xshaydi-ku. {x2}

    To bu dam olmas xabar, bo’ldi yuraklar chok-chok,
    Sho’xi zolim xiyla dilozorga o’xshaydi-ku.

    Nargizi aylay muruvvat, desa qo’ymas ko’zlari,
    Xanjari mujgonlari xunxorga o’xshaydi-ku.

    O’zicha qilmas manga buncha jafo-yu jabrini,
    Anga o’rgatgan magar ag’yorga o’xshaydi-ku.

    Endi, jon, qilg’il sabrlar, necha yillar kelmadi,
    Man kabi bechoradin bezorga o’xshaydi-ku.

    O’ylasam, shu dilbarim, makkorga o’xshaydi-ku,
    Rahmi yo’q bir bevafo dildorga o’xshaydi-ku. {x2}