Tashnalik nazdimda rohat, Sarvinoz,
Tashnalik o’zga saodat, Sarvinoz.
Tashnalik hordiq, halovat, Sarvinoz,
Senga bilmam, menga odat, Sarvinoz.

Tashnalik diydoringga eltar meni,
Chashmayi noyob bo’lib o’rtar meni.
O’rtab-o’rtab, komiga tortar meni,
Ishq ila makring nihoyat, Sarvinoz.

Umrbod de: qolmasin bu tashnalik,
Qonmasin hech, so’nmasin bu tashnalik.
Qonsa qonsin, tonmasin bu tashnalik,
Tashnalikdandur qanoat, Sarvinoz.

Tashnalik borki, o’zimda, sandaman,
Tashnalik birlan sanga arzandaman.
Sen qo’shiqsan, men esa xonandaman,
Sen bilan topgum farog’at, Sarvinoz.

Sen hamisha tashnalik parvozida,
Tashnalik birla ko’ngullar rozida.
Sen Turob, Hamid, Tavakkal sozida,
Baxtu iqbolingga omad, Sarvinoz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sarvinoz
Xonanda:
Tavakkal Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 3, 2015