• Tavakkal Qodirov - Sayding qo'yaber sayyod

    Tavakkal Qodirov

    Sayding qo’yaber sayyod

    Sayding qo’yaber, sayyod, sayyora ekan mandek, {x2}
    Ol domini bo’ynidan, bechora ekan mandek.

    O’z yorini topmasdan, ovora ekan mandek, {x2}
    Hijron o’qidin jismi tug’yora ekan mandek,
    Kuygan jigari, bag’ri yuz pora ekan mandek.

    Bechoraga zulm aylab, qo’l-bo’ynini bog’labsan,
    Har sori chekib-sudrab, o’ldirgali chog’labsan.

    Ko’ksini jafo birla lola kabi dog’labsan, {x2}
    Hijron o’qidin jismi tug’yora ekan mandek,
    Kuygan jigari, bag’ri yuz pora ekan mandek.

    Yuz pora ekan mandek…