Tavakkal Qodirov - Farg'ona tong otguncha

Tavakkal Qodirov

Tong otguncha

Hijron o’tidin jismima so’zona tong otguncha, {x2}
O’rtab yuragim-bag’rim, yoray, giryona tong otguncha. {x2}

Men Vomiqu, sen Uzro, vaslingga yetolmayman,
Har kecha qarorgohim, yor-a, ostona, tong otguncha. {x2}

Oqshomda jamolingni shamiday munavvar qil, {x2}
Shamingda yonay anda parvona, tong otguncha. {x2}

Naylayki, ilojim yo’q, har go’shada yig’larman, {x2}
Tor o’ldi Haziniyga Farg’ona, tong otguncha. {x2}

Farg’ona, tong otguncha…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tong otguncha
Xonanda:
Tavakkal Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 21, 2015