Tavakkal Qodirov - Toshkent irog'i

Tavakkal Qodirov

Toshkent irog’i

Sadog’angman, hay jon, asiringman nigorim,
Manam Majnuni ishq, do’stlar ki, bir Layloni izlarman.

Jamoli gul, sochi sumbul, ko’zi shahloni izlarman,
Ajab bir tiyra dildurman, qamar siymoni izlarman.

Meni ishqida zor etgan, qadi zeboni izlarman,
O’shandoq ofatijon sho’xi beparvoni izlarman.

Sadog’angman, hay jon, hay yor-a…

Asiri gul yuzidurman, jahon gulzorini naylay,
Anga ko’nglimni oldirdim, bo’lak dildorini naylay.

Deyarga sirni mahram yo’q, bu g’am izhorini naylay,
Malomat qilsa qilsun el, olar guftorini naylay.

Kechibman oru nomusdin, o’shal barnoni izlarman.
Sadog’angman, hay jon, hay yor-a…

Yoronlar, ul parivash ishqining devonasi bo’ldim,
Berib barbod aqlimni, xirad begonasi bo’ldim.

Ko’rib husni charog’ini, yonib parvonasi bo’ldim,
Netay, Miskin kabi xalqi jahon afsonasi bo’ldim.

Jununim ayb qilmanglar, mohi anqoni izlarman,
Hay yor-ey, hay jon-ey.

Sadog’angman, hay jon, asiringman nigorim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Toshkent irog’i
Xonanda:
Tavakkal Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 7, 2015