Tavakkal Qodirov - Ul dilraboga

Tavakkal Qodirov

Ul dilraboga

Arzimni aytdim bodi saboga,
Yetkursa holim ul dilraboga. (x2)
Yetsa bu ohim, ko’ngli muloyim {x2}
Rahm aylagaymu men mubtaloga? {x2}

Deydi raqiblar yorga yomonlab, {x2}
Soldi judolik, naylay, aroga. {x2}

Yorsiz kishining firdavsi yo’qdir,
Sevdim sanamni, qoldim baloga.
Miskin Huvaydo, sabru tahammul, {x2}
Qo’ydi el ichra jabru jafoga. {x2}

Arzimni aytdim bodi saboga,
Yetkursa holim ul dilraboga.

Yetkursa holim ul dilraboga…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ul dilraboga
Xonanda:
Tavakkal Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 1, 2015