Tavakkal Qodirov - Zeboni ko'ring

Tavakkal Qodirov

Zeboni ko’ring

Sahnada zeboni ko’ring,
Sho’xi diloroni ko’ring, (x2)
Jon ofati bo’lmasa-chi,
Nozi tamannoni ko’ring. (x2)

Oshig’ini o’tga yoqqan,
Rahmi yo’q oshnoni ko’ring, (x2)
Tohiri, Farhodi qani,
Shirini, Zuhroni ko’ring. (x2)

Cho’lga urug’ soldi, o’sib,
Endi bu sahroni ko’ring,
O’zi shirin, so’zi shirin,
Qalbida daryoni ko’ring.

Ko’rdi-yu bir, bo’ldi ado,
Ko’hna bu dunyoni ko’ring.
To’y bo’ladi, to’y bo’ladi,
Bazmi tomoshoni ko’ring.

To’y bo’ladi, to’y bo’ladi,
Bazmi tomoshoni ko’ring.

Sahnada zeboni ko’ring,
Sho’xi diloroni ko’ring, (x2)
Jon ofati bo’lmasa-chi,
Nozi tamannoni ko’ring. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zeboni ko’ring
Xonanda:
Tavakkal Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 5, 2015