• Tohir Mahkamov - Aytmasang aytma

    Tohir Mahkamov

    Aytmasang aytma

    Sevaman sizni, deb aytmasang aytma,
    Ketaver, ortingga qaytmasang qaytma. (x2)
    Faqat bir kun kelib, afsuslar chekib,
    Yor bo`lay o`zim, deb aytmasang qaytma. (x2)
    Sevaman sizni, deb aytmasang aytma!

    Men seni ko`rgandim dunyolarga teng,
    Dunyoda eng aziz zebolarga teng. (x2)
    Lekin sen vafoni, ishqni bilmading,
    Ketaver, ortingga qaytmasang qaytma. (x2)
    Hey, sevaman sizni, deb aytmasang aytma!

    Tohir sevdi Zuhroni – yetolmadi bechora,
    Laylini sevdi Majnun – oxir bo`ldi devona,
    Endi men ham ilojsiz, yo`q edi o`zga chora, {x2}
    Ko`nglim qoldi guldan ham, endi bo`lma ovora. {x2}

    Sevaman sizni, deb aytmasang aytma,
    Ketaver, ortingga qaytmasang qaytma.