Tohir Mahkamov - Baxtsiz bo'ldik ikkimiz

Tohir Mahkamov

Baxtsiz bo’ldik ikkimiz

Suyganimni shum taqdir,
Begonaga uzatdi.
So`ng berahm yangalar
Yor-yor aytib kuzatdi. (x2)

Yonib-yonib kul bo`ldi
Yuraklarda sevgimiz. (x2)
Baxtin topgan kim bo`ldi,
Baxtsiz bo`ldik ikkimiz. (x3)

Bu dunyoda muhabbat
Kimlar uchun o`yindir.
Qo`llarimda surating,
Bugun sening to`yingdir. (x2)

Qaydan keldi, sevgilim,
Ikkimizga bu jafo?
Xayr endi, xushfe’lim,
Dunyo o`zi bevafo.

Xayr endi, xushfe’lim,
Dunyo o`zi bevafo.

Taxtin topgan kim bo`ldi,
Taxtsiz bo`ldik ikkimiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxtsiz bo’ldik ikkimiz
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 4, 2016