Tohir Mahkamov - Beshak biling

Tohir Mahkamov

Beshak biling

Beshak biling, bu dunyo
Barcha eldan o`taro.
Inonmag`il molingga,
Bir kun qo`ldan ketaro. (x2)

Ota-ona, qarindosh
Qayon ketdi, fikr qil!
To`rt oyoqlik cho`bim ot
Bir kun senga yetaro. (x2)

To`rt oyoqlik cho`bim ot
Bir kun senga yetaro.

Dunyo uchun g`am yema,
Haqdin o`zgani dema.
O`zgalar molin yema,
Sirot uzra tutaro. (x2)

Ahli ayol, qarindosh,
Hech kim bo`lmaydi yo`ldosh.
Mardona bo`l g`arib bosh,
Umring yeldek o`taro. (x2)

Mardona bo`l g`arib bosh,
Umring yeldek o`taro.

Qul Xoja Ahmad toat qil,
Umring bilmam necha yil, (x2)
Asling bilsang qaro gil,
Yana gilga ketaro. (x2)

Beshak biling, bu dunyo
Barcha eldan o`taro.
Inonmag`il molingga,
Bir kun qo`ldan ketaro. (x2)

Bir kun qo`ldan ketaro…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Beshak biling
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2016