• Tohir Mahkamov - Vatanim deb boray quchoqqinangga

    Tohir Mahkamov

    Boray quchoqqinangga

    Ishqing dil dashtini gulxona qildi,
    Bulbul bo`lib kiray gulboqqinangga.

    Kelar yo`llaringga mehrim poyandoz,
    Ko`z intizor yo`lu yiroqqinangga.

    Quvonchdan kulsam-da, g`amga to`lsam-da,
    Vatanim deb boray quchoqqinangga.

    Jilmayib kutubon telba rashkimni,
    Jonim fido nozu firoqqinangga.

    Ko`zlaring yashirma, so`z so`ray undan,
    Ko`zim javob bersin so`roqqinangga.

    Bir tola sochingga jonimni osib,
    Yurak rasmin chizay dudoqqinangga.

    Istagim pichirlab aytsam so`nggi bor,
    Eng so`nggi so`zim ham quloqqinangga.