Tohir Mahkamov - Borayotirmiz

Tohir Mahkamov

Borayotirmiz

Peshonada bor ekan, tutab yonayotirmiz,
Tog`dek edik-a, do`stim, qulab borayotirmiz. (x2)

Har ko`ngilda har fikr, Xudo urmadi, shukr,
Bandasining zarbiga chidab borayotirmiz.

Ber-ber dedik qo`ymadik, Xudo berdi, to`ymadik, {x2}
Yutib qo`yib dengizni, chanqab borayotirmiz. {x2}

Ko`kragimiz qalqondek, tilagimiz talqondek,
Yiqilsak ham boshni tik ushlab borayotirmiz. (x2)

To yurib toychog`imiz, bo`shagach quchog`imiz,
Eshakni savlatiga tuflab borayotirmiz.

Ketguvchi chog`imizda, kim kuyar dog`imizda, {x2}
Umr shomi ko`rinmay, tugab borayotirmiz. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Borayotirmiz
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 22, 2016