Tohir Mahkamov - Do'st chiqmas ekan sizdan

Tohir Mahkamov

Do’st chiqmas ekan sizdan

Kun botib, oy chiqadi,
Dardim yurak siqadi,
Chiqsa jonim chiqadi,
Do`st chiqmas ekan sizdan. (x2)

Dushmanim ko`p bilovdim,
Bitta do`st ham tilovdim,
Bir tavakkal qilovdim,
Do`st chiqmas ekan sizdan. (x2)

Chiqmagan jondan umid,
Vaqti vijdondan umid,
Nomi insondan umid,
Do`st chiqmas ekan sizdan. {x2}

Va’dalar bo`ldi uloq,
Qasamga to`ldi quloq,
Bari zo`r chiqdi, biroq
Do`st chiqmas ekan sizdan. (x2)

Dushmanim ko`p bilovdim,
Bitta do`st ham tilovdim,
Bir tavakkal qilovdim,
Do`st chiqmas ekan sizdan. (x2)

So`z yetdi intihoga,
O`rin yo`q iltijoga,
Sizni soldim Xudoga,
Do`st chiqmas ekan sizdan. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Do’st chiqmas ekan sizdan
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 22, 2016