Tohir Mahkamov - Eh kattalar

Tohir Mahkamov

Eh kattalar

Farhod, Shirin, Zulayholar ertak ekan,
Dil dardiga bir bor rahm qilmadilar.
Meni Majnun deganlari ermak ekan,
Eh kattalar, sevgi sirin bilmadilar. (x2)

Ko`nding, go`zal, ota-onang raylariga,
Kelin bo`lding orzulagan joylariga. (x2)
Yetolmadik muhabbatning bo`ylariga,
Eh kattalar, sevgi sirin bilmadilar.

Olib ketdi oq chimmatga seni o`rab,
Ketmoqdasan tinmay yig`lab, yo`llar qarab. (x2)
O`ltirasan chimildiqda mungli so`zlab, {x2}
Eh kattalar, sevgi sirin bilmadilar.

Ushbu qo’shiq matni uchun Shaxboz Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eh kattalar
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2016