Tohir Mahkamov - Go'zal demasman

Tohir Mahkamov

Go’zal demasman

Har yetuk go`zalni go`zal demasman,
Go`zalda bir g`ayri alomat bo`lar.
Zulfi bir yonda-yu, kokil bir yonda,
O`zi bilmas o`zida-ey bir odat bo`lar. {x2}

Mujgon o`qin otar, labi dur to`kar,
Yuragim chokini birma-bir so`kar,
So`zi shirin bo`lar, dudog`i shakar,
Suhbati bir ajib hikoyat bo`lar,
Har suhbati ajib hikoyat bo`lar.

Bo`yni uzra sadaf marjon tuzilmish,
Qiyo boqsang, jonlar tandan uzilmish,
Surma tortgan qaro ko`zlar suzilmish,
Tomosha aylagan-ey betoqat bo`lar. {x2}

O`zim qurbon bo`lay o`sha tog`iga,
Taqimiga chirmashgan soch surog`iga,
Qoshlari o`xshaydi oy o`rog`iga, {x2}
O`ltirib turmog`i qiyomat bo`lar. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Go’zal demasman
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 7, 2016